Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

el. pochta: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
el. pocht a:Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

Mehnat faoliyati: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanati dispetcheri, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Etika va estetika” kafedrasi o‘qituvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Etika va estetika” kafedrasi tayanch doktoranti sifatida mehnat faoliyatini olib borgan.

“Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish holati samaradorligini yanada oshirish masalalari” (2021-y.), “Oilaviy ajralishlarni kamaytirish hamda turmushda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirishning ilmiy-amaliy jihatlari (sotsiologik tahlil asosida)” (2022-y.), A-OM-2021-550 – “O‘zbekiston Respublikasida erta turmush va erta tug‘uruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo‘yicha multimedia mahsulotlarini yaratish” (2022-y.), “Xotin-qizlarga qarshi qaratilgan zo‘ravonlikni oldini olishda kompleks tizimli yondashuvni  takomillashtirish hamda reabilitatsiya ishlar samaradorligini oshirish” (2022–2023-yillar) loyihalarida ishtirok etgan.

Shuningdek, “Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda qaynonalarning o‘rnini mustahkamlash” loyihasi rahbari, “O‘zbekistonning migratsiya siyosatining gender jihatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish” xalqaro loyihasida a’zo sifatida ishtirok etmoqda.  

Ilmiy yo‘nalishlari: falsafa, etika, estetika, aksiologiya, aholi migratsiyasi, dinshunoslik, kasb etikasi, ritorika, notiqlik sanʼati, gender tenglik.

Xalqaro konferensiyalar: AQSh, Ozarbayjon, Hindiston, Rossiya.

Ilmiy faoliyati: 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ilmiy risola, 30 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.