Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

“Oila huquqi va gender tengligi” bo‘limi boshlig‘i
Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

El. pochta: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

Mehnat faoliyati: Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Davlat va huquq asoslari” kafedrasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Huquqshunoslik fakulteti “Fuqarolik protsessi” kafedrasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlari” kafedrasida pedagogik va ilmiy faoliyat yuritgan.

Yo‘nalishlar: yurisprudensiya, fuqarolik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq, biznes huquqi, gender tengligi.

Loyihalardagi ishtiroki: “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari” (2020-2021-y.) hamda “Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish holati samaradorligini yanada oshirish masalalari”(2021-y.) mavzusidagi loyihalar rahbari.
BMT “Aholishunoslik” jamg‘armasi (UNFPA)ning “O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida erta nikoh, erta homiladorlik va abort sabablari, omillari va oqibatlari” loyihasi huquqshunos-eksperti (2021-y.).
O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish “gender.tadqiqot.uz” elektron platformasini yaratish (2021-2023-y.)

Eʼlon qilingan ishlar: 50 dan oshiq ilmiy ishlar, jumladan, 1 ta monografiya, 5 ta uslubiy qo‘llanma, 40 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.